"Turksib Magistral" MCHJ da yuklaringizni tashishga buyurtma bering
Аvtomobilda yuk tashuvlari transport segmentida yetakchi oʼrinni egallab kelmoqda va u logistikada eng koʼp talab etiladigan uslubdir.
Аvtomobilda yuk tashuvlari bozori katta raqobat sharoitida mavjud boʼlishga majburdir. Lekin kompaniyaning ish tajribasi va uning bozordagi shuhrati tanlash uchun eng yaxshi turtki boʼladi.
12 yillik ish tajribamiz bizga yuklarning yanayam keng geografiyasini qamrab olishga imkon beradi. Biz Yevrosiyo qit’asining O‘zbekistonga va undan tashqariga yuklarni tashiydigan 200 dan ortiq transport kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz.
Tajribali operatorlardan iborat jamoamiz qisqa vaqt ichida sizning yuklaringizni ortish uchun mos bo‘lgan avtotransport vositasini tanlashga yordam beradi.
10 yildan ortiq vaqt davomida biz talabga javob beradigan terma yuklarni tashishni o‘zlashtirdik. Biz bir nechta omborlardan ketma-ket yuklashni tashkil qilamiz hamda sizga yuklarni yetkazib berishning pasaytirilgan narxlarini taklif etamiz. Biz yuklarni bir transport vositasidan boshqasiga ortish va jamlash uchun ixtisoslashtirilgan omborlardan foydalanamiz. Ular Kaunas, Vilnyus, Olomouts, Moskva, Samara va Minsk shaharlarida joylashgan.
Tovarlarni avtotransportda tashishning bahosi jo‘natish va kelish punktlari orasidagi masofaga, tashilayotgan tovarlarning xususiyatlari (massasi, turi va boshqalar)ga va buyurtma qilingan xizmatlarning ro‘yxatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Biz sizga arzon tariflarni taklif etamiz va eng maqbul yechimni topamiz, shuning uchun siz yuklarni yetkazib berish sifatiga putur yetkazilmagan holda logistika xizmatlarida mablag‘ni tejashingiz mumkin bo‘ladi.
Avtomobil transportida yuklarni tashish xizmati to‘g‘risida ko‘proq bilishni xohlaysizmi? "Turksib Magistral" kompaniyasi mutaxassislari bilan telefonlar orqali, elektron pochta yoki saytdagi onlayn shakllar orqali bog‘laning.