1

One highway - a thousand routes

Время
в Ташкенте

Gabaritsiz yuklarni oʼtkazishni taʼminlash

Gabaritsiz yuklarni tashish bir qator potentsial xatarlar bilan bogʼliq. Ob-havo sharoiti, yoʼnalish boʼylab harakatlanishning intensivligi, yoʼlning sifati, oʼtish yoʼllari, tunnellar, yoʼl oʼtkazgichlarning oʼlchamlari, koʼpriklarning xususiyatlari, yoʼnalishda joylashgan temir yoʼl kesishmalari, elektr uzatish va gaz taʼminotiliniyalari va boshqa muhandislik inshootlarining mavjudligi yuklarni tashishda hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Shuning uchun bunday ishlarni amalga oshirish uchun professionallik va puxta tayyorgarlik juda zarurdir.

Yoʼnalishni oldindan oʼrganish transportni rejalashtirish bosqichida marshrut boʼylab mavjud toʼsiqlar toʼgʼrisida ishonchli va aniq maʼlumot olishga, yuk tashuvlarini amalga oshirishda raqobatbardosh narxni shakllantirish uchun harakatlanuvchi sostavni toʼgʼri tanlashga yordam beradi.

"Turksib Magistral" MChJ xodimlari shaxsiy ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalaridan foydalangan holda buyurtmachi bilan kutilayotgan yuk tashish yoʼnalishi boʼyicha oldindan yurib oʼtishga yordam beradi va oʼzining hisobot shaklida batafsil tavsiyalarni beradi.

Yoʼlda harakatlanish holati jonsiz emas va istagan vaqtda oʼzgarishi mumkin. Oldindan tanlangan yoʼnalish istagan vaqtda, masalan, yoʼllarda ruxsatsiz yoki rejadan tashqari taʼmirlash ishlarining olib borilishi, ob-havo sharoiti va h. tufayli oʼtib boʼlmaydigan boʼlib qolishi mumkin.

Аmaldagi qonunchilikka koʼra, yoʼnalishni "Oʼzavtoyoʼl" DАK vakolatli ekspert idorasi bilan oldindan kelishish hamda gabaritsiz va/ yoki ogʼir yuklarni tashish uchun rasmiy ruxsatni olish zarur. "Turksib Magistral" MChJ jamoasi sizga barcha kerakli hujjatlarni, chizmalarni tayyorlashda, yoʼlga chiqish uchun ariza topshirishda va berilgan ruxsatnomani keyinchalik Yoʼl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, "Oʼzbekenergo" АJ va "Oʼzbekiston temir yoʼllari" АJ organlari bilan kelishishda koʼmaklashadi.

Biz gabaritsiz yuklarning yoʼnalishi boʼylab avtomobil yoʼllari bilan kesishgan joylarda elektr uzatish liniyalari hajmining oʼlchovlarini amalga oshiramiz. Elektr uzatish liniyalarining oʼlchamlari optik asboblar yordamida kunduzgi tekshiruv paytida eng yuqori havo haroratida aniqlanadi. Tekshiruv paytida havo harorati hisobga olinadi, chunki bu ho (simning yergacha boʼlgan eng past nuqtasi) koʼrsatkichiga taʼsir qiladi.

Bizning jamoamiz siz uchun qisqa vaqtga elektr taʼminotini toʼxtatishni va zarur boʼlganida liniyalarni qisqa muddatga demontaj qilish/ oʼrnatishni dispetcherlik xizmatlari bilan kelishadi.

"Turksib Magistral" MChJ maxsus yuklarni tashishni taʼminlash uchun vaqtincha yoʼllarni, kirish va aylanma yoʼllarni, tuproqli yoʼllarni qurishni tashkil qilishda yordam beradi, shuningdek, avtomobil koʼpriklari, yoʼl oʼtkazgichlari ostidagi oraliqlarda oʼtish masofalarini kengaytirish uchun tuproq va asfaltni kesishni, yuk tashuvlari tugallanganidan soʼng esa ushbu oʼzgartirilgan infratuzilmani tiklashni tashkil etishni taʼminlaydi.

"Turksib Magistral" MChJ kompaniyasi oʼzining ixtisoslashtirilgan transport vositalariga va gabaritsiz yuklarni koʼmaklashuvchi mashinalarda kuzatib borish uchun oʼqitilgan xodimlariga ega. Yukning koʼmaklashuvchi transport vositalari yordamida kuzatib borilishi kuzatib borilayotgan yukning transporti quyidagi xususiyatlarga ega boʼlgan hollarda muhimdir:

  • avtotransport vositalarining kengligi tashilayotgan yuk bilan birga 3,5 metrdan oshsa;
  • avtopoyezd tarkibidagi avtomobilning umumiy uzunligi 24 metrdan ortiq boʼlsa.

"Turksib Magistral" MChJ jamoasi Yoʼl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi avtomobillari yordamida gabaritsiz yuklarni kuzatib borishni tashkil etishga yordam beradi. YHXBB avtomashinalarini kuzatib boruvchi sifatida tayinlash uchun yuk transport vositasi quyidagi xususiyatlarga ega boʼlishi kerak:

  • avtotransport vositalarining kengligi 4 metrdan boshlanadi va undan koʼp boʼladi;
  • avtopoyezdning umumiy uzunligi 30 metrdan oshadi.

Gabaritsiz yuklar tashuvlari bozoridagi 12 yildan ortiq davrga ega tajribamiz zarur yuk koʼtarish qudratiga ega boʼlgan kranlarini tanlashni tashkil etishga imkon beradi.

Biz yuklarni ortish, tushirish va qayta ortish boʼyicha yuzdan ortiq loyihalarni amalga oshirganmiz.

Bizning shaxsiy texnik parkimiz ogʼir yuklarni toʼgʼridan-toʼgʼri tushirish joyiga yetkazib berish uchun ularni temir yoʼl platformalaridan tirkamalarga yuklashni amalga oshirishga imkon beradi.

Biz yukni koʼtarish koʼrsatkichi 15 dan 120 tonnagacha boʼlgan kranlarni tanlashimiz va jalb qilishimiz mumkin.

Biz har bir operatsiya uchun texnik vositalarni va materiallar (ushlagichlar, arqonlar, ehtiyot qismlar, bogʼlash zanjirlari, ogʼir yuklarni tashish tizimlari)ni tanlaymiz; zarurat boʼlganida, murakkab yuklarni koʼtarish uchun traverslarni ishlab chiqamiz va tayyorlaymiz.

Bizning kompaniyamiz sizga qurilish-montaj va yuklarni ortish-tushirish ishlari uchun ishlarni ishlab chiqarish loyihasi (IIL)ni tayyorlashda va uni yuk koʼtarish mashinasi egasi bilan kelishishda yordam beradi.

Baʼzan ogʼir yuklarni korxona ichkarisida tor sharoitlarda bir joydan ikkinchisiga koʼchirish kerak boʼladi. Bunday hollarda biz maxsus jihozlardan foydalanib, ogʼir yuklarni koʼchirishni tashkil etishimiz mumkin.

Kompaniyamiz foydalanish uchun gidravlik portallar, skiding tizimlari, domkratlar va buriladigan stollarni taklif etadi.