Mahsulotingizni bozorda targ‘ibqilishning samarali usullaridan biri bu mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishdir. Ayniqsa, kompaniya yangi bozorga chiqishni rejalashtirganda birinchi tanishishning bunday usuli sizga potentsial talab to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishga va mintaqaviy savdo bozorining o‘ziga xos xususiyatlari va jihatlarihamda kelgusi faoliyatning qo‘shni sohalari bilan tanishishga imkon beradi.
Bu holda tovarlaringiz va reklama mahsulotlaringiz namunalarini ko‘rgazma stendiga yetkazib berishning logistikasi qanchalik sifatli, tezkor va narxlar bo‘yicha munosib tashkil etilishi muhim rol o‘ynaydi. Axir bu hisobni, yukni asrab-avaylashni, tezkorlikni, bojxona rasmiylashtiruvini, hujjatlarni tekshirishni va dolzarb masalalarni hal qilish qobiliyatini, shuningdek, barcha darajadagi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan aloqani o‘z ichiga oladi. Bunday tadbirlarni tashkil etish tajribasi ham muhim o‘rin tutadi.
Biz bunday biznes bilan qariyb 10 yildan beri shug‘ullanib kelmoqdamiz va ko‘rgazma maydonchalari bilan ham, boshqa mamlakatlardagi asosiy faoliyat yo‘nalishi ko‘rgazmali yuklarni yetkazib berishni tashkil etishdan iborat bo‘lgan sheriklar bilan ham aloqalarni yo‘lga qo‘yganmiz.
Agar Sizda ko‘rgazmada qatnashish va tovaringizni O‘zbekistondan tashqariga eksport qilish g‘oyasi tug‘ilgan bo‘lsa, yoki Siz mahalliy ko‘rgazmada ishtirok etishni xohlasangiz va chet eldan tovarlarni olib kelishingizzarur bo‘lsa, biz jarayonning har qanday bosqichida va har qanday kombinatsiyada o‘z xizmatimizni taqdim etishdan mamnunmiz!
Biz "O‘zekspomarkaz"ning logistika sohasida sherigi hisoblanamiz. Biz "O‘zekspomarkaz", Yoshlar ijod saroyi va Xalqaro biznes markazi uchun tovarlarni yetkazib berish va rasmiylashtirish tajribasiga egamiz.
Biz Belarus Respublikasining Milliy ko‘rgazmalari, Rossiyaning EKSPO ko‘rgazmasiga xizmat ko‘rsatganmiz.