1

One highway - a thousand routes

Время
в Ташкенте

Logistika terminlari

                                   Terminlarning qisqa izohi
     

 EXW –joy nomi
 (ingliz tilidan. ex works – zavoddan)

 

Sotuvchi yukni haridorga topshiradi.Haridor esa yukni ortish,tashish bilan bog’liq harajat va  javobgarlikni o’z zimmasiga oladi .Shuningdek yukni bojxonada  rasmiylashtirish jarayonlarini bajaradi.

     

 FCA - joy nomi
  (ingliz tilidan. free carrier –
  franko yuk tashuvchi)

 

Sotuvchining majburiyatlari yukni bojxona tekshiruvidan utgandan so’ng  yuk tashuvchiga belgillangan joyda taslim gilish bilan kifoyalanadi.Sotuvchi, agar zaruriyat bo’lsa, haridor hisobidan eksport lisenziyasini oladi va yukni chegaradan olib o’tish uhcun hamma bojxona da rasmiylashtirish islarini bajaradi.

     

 FAS – yukni tuhsurish porti nomi  
 (ingliz tilidan. free alongside ship –  kema borti bo’ylab erkin)

 

Sotuvchi yukni kema sirti bo’ylab sohilda yoki yuk ortish joyida  lixtyorga joylashi kerak.Ayni su paytdan e’tiboran yukning yo’qolishi yoki bo’lishi ehtimoli va kutilmagan xolatlar uchun haridor javobgar bo’ladi. Yukni sotuvchi  shuningdek (zaruriyar bo’lsa) o’z hisobidan eksport litsenziyasini  olishi kerak bo’ladi  va yukni chegaradan olib o’tish uchun bojxonada rasmiylashtirish ishlarini bajaradi.

     

 FOB – yukni tuhsurish porti nomi  
 (ingliz tilidan. free on board – kema sathida erkin)

 

Sotuvchining majburiyatlari yukni kema sathidan yuk tushurish portiga o’tgandan so’ng yakunlanadi va  to’liq bajarilgan hisoblanadi. Yukni sotuvchi  shuningdek (zaruriyar bo’lsa) o’z xisobidan eksport litsenziyasini  olishi kerak bo’ladi  va yukni chegaradan olib o’tish uchun bojxonada rasmiylashtirish islarini bajaradi.

     

FOR – Yukni tushurish bekati nomi
  (ingliz tilidan. free on rail – temir yo’llarida erkin)

 

Sotuvchining majburiyatlari yuk yuk tushurish bekatida yukni temir yul vagonlariga ortilganidan so’ng yakunlanadi va to’liq bajarilgan hisoblanadi. Yukni sotuvchi  shuningdek (zaruriyar bo’lsa) o’z hisobidan eksport litsenziyasini  olishi kerak bo’ladi  va yukni chegaradan olib o’tish uchun  bojxonada rasmiylashtirish ishlarini bajaradi. FOR yukni manzil bekatiga yetkazish bilan  yukni sotuvchi o’z zimmasidagi majbutiyatni bajargan hisoblanadi. Bundan keyingi bosqichlar ya’ni yukni tushurish,bekatdagi to’lov va transpot xujjatlarini rasmiylashtirish,shuningdek bojxona nazorat jarayonlari yukni oluvchi tomonidan bajariladi.

  

 

 

FOT – yuk tushurish joyi nomi
  (ingliz tilidan. free on truck – Yuk mashinasida erkin)
 

Yuk sotuvchining  majburiyatlari  yukni tushurish joyida yuk mashinalariga ortirilgandan keyin bajarilgan hisoblanadi.

Yukni sotuvchi  shuningdek (zaruriyar bo’lsa) o’z hisobidan eksport litsenziyasini  olishi kerak bo’ladi  va yukni chegaradan olib o’tish uchun  bojhonada rasmiylashtirish ishlarini bajaradi. FOT yukni manzil bekatiga yetkazish bilan  yukni sotuvchi o’z zimmasidgi majbutiyatni bajargan hisoblanadi. Bundan keyingi bosqichlar ya’ni yukni tushurish,bekatdagi to’lov va transpot hujjatlarini rasmiylashtirish,shuningdek bojxona nazorat jarayonlari yukni oluvchi tomonidan bajariladi.

     

 CIF – manzil port nomi
  (ingliz tilidan. cost, insurance and freight
  – narx,sug’urta va fraxt)

  Bu termin  CFR terminidan, yukni sotuvchi zimmasiga yukning dengiz orqali tashish davomida uni nobud bo’lishi yoki shikastlanishidan  sug’urtalash shartnomasini rasmiylashtirish vazifasi yuklanishi bilan farq qiladi.Sotuvchi sug’urta hodimiga sug’urta mukofoti to’laydi.    
     

 CIP – Manzil (joyi)nomi
(ingliz tilidan. carriage and insurance paid to
  – yuk tashish va sug’urta xarajatlati  ...gacha to’langan)

 

Sotuvchi CPT majburiyatlari kabi majburiyatlarni o’ zimmasiga oladi,lekin bundan tashqari yukni tashish davomida yukni nobud bo’lishi va zarar ko’rishidan sug’urta qilishi kerak.

     

DAF – yetkazib berish joyi nomi  (ingliz tilidan. delivered at frontier
  – chegaragacha yetkazib berish)

  Sotuvchi o’z majburiyatlaridan bojxonadagi hamma jarayonlardan o’tgan yuk chegaradagi ko’rsatilgan joyga yetib borganda ozod bo’ladi Yukni chegaradan olib o’tish uchun litsenziyani rasmiylashtirish haridor zimmasiga yuklanadi.
     

 DAF – yetkazib berish joyi nomi  (ingliz tilidan. delivered at frontier
  – chegaragacha yetkazib berish)

 

Sotuvchi yukning ko’rsatilgan manzilga yetkazish fraxti harajatlarini o’z zimmasiga oladi Lekin yukning nobud bo’lish yoki shikastlanish havfi yuk dastlabki yuk tashivchi ga topshirilganda haridor zimmaziga o’tadi.”Eksport soliqlarini sotuvchi, import soliqlarini xaridor   to’laydi

 

     

 DES – Manzil port nomi
  (ingliz tilidan . delivered ex ship  – bevosita kemadan yukni yetkazib berish)

 

Sotuvchi  bojxonada rasmiylashtirish jarayonidan o’tmagan yukni kema sathiga .haridor ga yetkazib beradi .Ayni shu paytdan e’tiboran hamma xarajatlar shuningdek import soliqlari haridor zimmasiga yuklanadi.

     

 DEQ – Manzil port nomi
  (от англ. delivered ex quay –
  qirg’oqdan (pistan)yetkazib berish

 

Sotuvchi majburiyatlari bojxonada  import uchun rasmiylashtirish jarayonlaridan o’tmagan yukni shartnomada ko’rsatilgan dengiz portiga yetkazib berish amalga oshirilgandan keyin bajarilgan xisoblanadi.Haridor yukni tashish va tushurish va bojxonada rasmiylashtirish  bilan bog’liq barcha xarajatlarni o’z zimmasiga oladi.

     

  DDU – Manzil joy nomi
  (inglis tilidan . delivered duty unpaid –
  bojxona solog’i to’lovisiz yetkazib berish)

  Sotuvchining vazifalari yuk shartnomada ko’rsatilgan  mamlakat va joyga yetkazilganda bajarilgan hisoblanadi. Haridor  chegaradan olib kirganda to’lanadigan barcha soliq va bojlardan tashqari yukni yetkazib berish bilan bog’liq  xarajatlarni  o’z zimmasiga oladi.Agar yukni chegaradan olib kirganda tolanadigan xarajatlarning ma’lum qismini sotuvchi to’lashi kelishilgan bo’lsa,bu albatta shartnomada ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
     

  DDP – Manzil joy nomi
  (ingliz tilidan. delivered duty paid –
  Bojxona solig’i to’lovi bilan yetkazib berish)

 

DDU farqli o’laroq , yukni chegaradan olib kirganda to’lanadigan barcha  soliq va bojlar va  yukni yetkazib berishning barcha shartlarini bajarish sotuvchi zimmasida bo’ladi. Agar yukni chegaradan olib kirganda tolanadigan xarajatlarning ma’lum qismini haridor to’lashi kelishilgan bo’lsa,bu albatta shartnomada ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

DDP termini sotuvchining maksimal darajada javobgar ekanligini anglatadi.