Multimodal yuk tashuvlari bu bitta yuk tashish shartnomasi asosida transportning har xil turlaridan foydalangan holda yuklarni tashishdir. Ushbu turdagi yuk tashishning asosiy ustunligi - turli xil transport vositalarining puxta kombinatsiyasi orqali ularning afzalliklaridan maksimal darajada foydalanish. Multimodal tashuvlarda yuklar har qanday masofani, shu jumladan, qit’alarni ham bosib o‘tishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos geosiyosiy mavqega ega. Okeanlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lmagan O‘zbekiston, shuningdek, okeanlarga chiqa olmaydigan davlatlar bilan o‘ralgan. Shu bois, yuklarni multimodal shaklda tashish juda dolzarbdir. Ayniqsa, "dengiz kemasi + avtomobil", "dengiz kemasi + temir yo‘l", "temir yo‘l + avtomobil" yo‘nalishlari ommabopdir.
“Turksib Magistral” MChJ 2008 yildan beri multimodal yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bunday yuk tashishning asosiy ustunligi bu butun yo‘nalish davomida bitta mas’ul shaxsning mavjudligidir. Kompaniyamiz vakili bo‘lgan bitta operator bilan ishlash hurmatli mijozlarimizning vaqtini, pulini va asablarini tejaydi.
Yuklarni tashish bo‘yicha har bir buyurtma yuklarga, yo‘nalishga va yetkazib berish tezligiga nisbatan alohida talablarni qo‘yadi. Kompaniyamiz bilan multimodal yuk tashuvlari to‘g‘risida shartnomani tuzgan holda siz bunday murakkab ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab qiyin texnik muammolar echimidan xalos bo‘lasiz.
“Turksib Magistral” MChJ yo‘nalish bo‘ylab joylashgan mamlakatlarning transport infratuzilmasini, tabiat sharoitlarini, bojxona qoidalari xususiyatlarini, muayyan mintaqadagiyuklarni tushirish/ ortish bo‘yicha qulayliklarni hisobga olgan holda, “eshikdan eshikkacha” tamoyili bo‘yicha yetkazib berishni taklif etadi.Biz turli xil, jumladan, terma, yirik gabaritli, og‘ir, shuningdek, maxsus tashish sharoitlarini talab qiladigan yuklar bilan ishlashda muvaffaqiyatli tajribaga egamiz. Mijozlarimizning yuklarni tashish bo‘yicha istaklarini va talablarini bajarish biz uchun muhim qoidadir.
Biz hech qachon oson yo‘llarni qidirmaganmiz, qiyinchiliklar va muammolar har doim hal etiladi va ularning echimi bizga ishonch, bilim va bebaho tajribani beradi
Taklif etilayotgan multimodal yuk tashuvlarining narxi quyidagi xususiyatga ega: agar yetkazib berish vaqti muhim bo‘lsa, yo‘nalish bitta bo‘ladi va narx shunga muvofiq bo‘ladi yoki, aksincha, agar moliyaviy tomon birinchi o‘rinda tursa, u holda arzonroq, ammo yo‘lda uzoqroq yuradigan transport turidan foydalaniladi.
Bizning operatorlarimiz Sizga yuklarniyetkazib berishning turli usullarini taklif qilishadi, narx/ tezlik nisbati bo‘yicha eng mos yo‘nalishni tanlashga yordam berishadi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishadi, tovarlarning harakati to‘g‘risida ma’lumot berishadi, yuklarning o‘z vaqtida va sifatili yetkazib berilishininazorat qilishadi, bu esa Sizga, bizning hurmatli mijozlarimizga muzokaralarga ketadigan vaqtni tejash, xalqaro yuk tashuvlari uchun zarur bo‘lgan moliyaviy xarajatlarni maqbullashtirish va hujjatlarni qisqartirish imkonini beradi.