"Turksib Magistral" MChJ Xitoydan O‘zbekistonga yuk tashishning asosiy istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishni taklif etadi.
Yuklarni jamlash kichik gabaritli yuklarni va yuklarning kichik partiyalarini tashishda xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishi mumkin. Xarajatlarning kamaytirilishi mijozlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ish shakli va doimiy nazorat turli jo‘natuvchilarning tovarlarini birlashtirishda xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini yo‘qqa chiqarishga imkon beradi. Kompaniyamizning omborxona majmuasi Xitoyning Lyanyungan shahrida joylashgan bo‘lib, undan tovarlarning kichik partiyalarini birlashtirishda ham, komplekt yuklarni tashishda ham foydalaniladi.
Bizning kompaniyamizdan terma yuklarni yetkazib berish mexanizmi quyidagicha:
- Xitoyning istalgan joyidan yuklarni olish va Lyanyungan shahridagi yuklarni jamlash omboriga yetkazib berish;
- Yuklarning jamlash omboriga qabul qilish;
- Kelib tushgan yuklarini qayta ishlash, yig‘ish konteynerini shakllantirish;
- Xitoy Xalq Respublikasidan tovarlarni olib chiqish uchun zarur hujjatlarni, shu jumladan, eksport deklaratsiyalarini rasmiylashtirish;
- Terma yuklarni jo‘natish va uni buyurtmachiga - Toshkent shahriga, 722400 Toshkent-Tovar yoki 720000 Chukursoy temir yo‘l stantsiyalariga yetkazib berish.
Bizning kompaniyamiz yuklarni jamlash bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmuasini, shu jumladan, quyidagilarni taqdim etadi:
- Eksport shartlariga muvofiq yuklarni qadoqlash va qayta qadoqlash, strech-plyonkalar bilan o‘rash, mavjud qadoqlash joylarini mustahkamlash;
- Markirovkalash (shu jumladan, qonun hujjatlari talablariga muvofiq markirovkalash zarur bo‘lgan tovarlarni);
- Tovarlarni palletlash va saralash;
- Yuklarni ortish va tushirish ishlari;
- Yuk o‘rinlarini suratga olish va o‘lchash;
- Bojxona rasmiylashtiruvi va yuklarni sug‘urtalash;
- Yuklarni omborda javobgarlik ostida saqlash.
Bizning kompaniyamiz terma yuklardan tashqari quyidagi xizmatlarni ham taqdim etadi:
- Konteynerlarni turli yetkazish punktlarigacha temir yo‘l va avtomobil transportida tashish;
- Dengiz orqali yetkazib berilgan yuklarni temir yo‘l va avtomobil transportiga ortish va oxirgi yetkazib berish manziliga jo‘natish;
- Turli yuklarni avtomobil va temir yo‘l sostavlari orqali portlarga tashish, ularni ortish va qabul qiluvchiga dengiz orqali jo‘natish;
- Milliy va xalqaro qonunchilikka muvofiq barcha zarur va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklarni sug‘urtalash.
“Turksib Magistral” MChJ 12 yillik faoliyati davomida buyurtmalarni o‘ta qisqa vaqt ichida bajaradigan, butun yo‘nalish bo‘ylab yuklarning maksimal tezligini va xavfsizligini ta’minlaydigan hamda yuklarni tashish jarayonini boshidan oxirigacha to‘liq zimmasiga oladigan muvaffaqiyatli kompaniya qiyofasini yaratishga erishdi.
Bizning kompaniyamizning maqsadi Sizning ishonchli, foydali va qulay sherigingizga aylanishdir!