1

One highway - a thousand routes

Время
в Ташкенте

Yuklarni havo transportida tashish

Havo transportida yuk tashuvlari bugungi kunda uzoq masofalarga tovarlarni tashishning eng tezkor va samarali usuli hisoblanadi. Ba’zida havo transportini shunchaki hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, tez buziladigan mahsulotlar (oziq-ovqat, gullar, hayvonlar va dori-darmonlar)ni yoki qimmatbaho va shoshilinch uskunalarni yetkazib berishda bu usul juda kerakli vositadir .

“Turksib Magistral” MCHJ kompaniyasi xalqaro va mahalliy qatnovlarda havo transportida muntazam, charter va kompleks yuk tashuvlari xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha katta tajribaga ega.

 

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatadigan aeroportlar va aviakompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali biz o‘z mijozlarimizga eksport yuklarini tashish uchun arzon va qulay xizmatni taklif etamiz, butun dunyo bo‘ylab ishonchli agentlar tarmog‘i esa sayyoramizning deyarli hamma burchagidan yuklarni zudlik bilan import qilishni ta’minlaydi.

Bizning operatorlarimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ulanadigan reyslar orqali eng maqbul yo‘nalishni tanlaydilar, shuningdek, Sizning istagingizga ko‘ra, bojxona rasmiylashtiruvini, yuk tashuvchi va/ yoki yuk oluvchi bilan ishlashni, yuklarni qabul qilish va yetkazib berishni va boshqalarni o‘z ichiga olgan logistika xizmatlari majmuini kiritadilar.

Kompaniyamiz  2015 yildan beri VOLGA DNEPR aviakompaniyasining O‘zbekistondagi strategik hamkori hisoblanadi. Shuningdek, biz charter reyslarining boshqa operatorlari bilan imtiyozli shartlarda tuzilgan bitimlarga egamiz, bu esa charter havo transporti kabi ko‘p hajmdagi resurslarga ega sohada moliyaviy zararlarning oldini olishga imkon beradi.