Menu Close

Biz haqimizda

2008 yildan beri logistika bo’yicha professional tajriba

Turksib Magistralь MChJ o‘z avtotransport vositalariga ega bo‘lgan transport-ekspeditorlik kompaniyasidir.

Turksib Magistralь 2008 yilda MDH hududida temir yo‘l transportida yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi transport-ekspeditorlik kompaniyasi sifatida o‘z faoliyatini boshladi. O‘z taraqqiyot yo‘lining boshidanoq kompaniya faoliyatining ustuvor yo‘nalishini tanladi – bu yirik gabaritli va ohg‘ir yuklarni tashishdir.

Mas’uliyat

O‘z tarixi mobaynida kompaniya qator murakkab loyiha tashishlarni amalga oshirdi. Kompaniya aktivida yirik gabaritli va og‘ir yuklarni tashishga mo‘ljallangan o‘z avtotransport vositalari mavjud. Bugun kompaniya O‘zbekiston Respublikasi transport bozorining eng faol ishtirokchilaridan biridir. Biz xalqaro yuk tashishlarning barcha turlarini bajaramiz. Tashishlar geografiyasi dunyoning 35 mamlakatini qamrab oladi.

Turksib Magistralь MChJ O‘zbekiston Respublikasida biznes – logistikani rivojlantirish bo‘yicha Assotsiatsiya, hamda O‘zbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasining a’zosidir.

Biz doimo o‘z hodimlarimizning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratamiz. Bugun kompaniyamizning har bir hodimi uning kasb mahoratini tasdiqlovchi sertifikat va diplomlarga ega. Biz doimiy ravishda ofisimizda treninglar o‘tkazamiz, shuningdek bizning mamlakatimiz va horijda o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarida ishtirok etamiz. Biz ishimizning jiddiyligini anglagan holda mijozlarimizning yuklari uchun javobgarlikni o‘z bo‘ynimizga olamiz. Hamkorlarimiz va mijozlarimizning ishonchi faqat ish jarayonida uyg‘onib, biz kompaniyamizning shakllangan ijobiy imiji va nufuzini saqlashga harakat qilmoqdamiz.

NEGA TURKSIB MAGISTRAL

Nomlanishimiz 1927 yilning bahorida boshlangan buyuk qurilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu Turkiston-Sibir Magistral qurilishidir. Sibir va O‘rta Osiyoni relьs yo‘li bilan bog‘lash g‘oyasi Trans-Sibir Magistrali barpo etilishidan ancha avval paydo bo‘lgan.

1927 yil iyulь oyining o‘rtalarida Semipalatinskdan shimolda ilk relьslar yotqizilib, temir yo‘l ilk kilometrlarining sanog‘i boshlandi. Turksib qurilishi og‘ir iqlim sharoitlarida olib borildi. I. Kustovning “Cho‘lda relьslar qachon tutashadi?” nomli maqolasi “GUDOK” gazetasining 1930 yildagi 16 aprelь sonida bosib chiqilib, unda quyidagilar yozilgandi: 28 aprelь kuni Turksibning ikkala qurilishi tutashadi – janubiy va shimoliy. Turksib qisqa yo‘l bilan Novosibirsk va Toshkentni Semipalatinsk, Lugovoy va Oris orqali bog‘lovchi yagona magistral bo‘lib qoladi.

O‘sha davrning gazetelarida yozilishicha, 1 may kuni Turksibning Shimoliy va Janubiy uchastkalarining ulanishi sodir bo‘lib, unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov ochiladi. Turksibning to‘liq foydalanishga topshirilishi 1930 yilning oxiriga mo‘ljallanmoqda. Lugovaya bekatidan mahalliy urf-odatlarga ko‘ra yangi tug‘ilgan chaqaloq olib o‘tiladigan o‘tovni ifodalovchi maxsus qurilgan ark orqali ilk parovoz qo‘yildi. Arkning bir tomonida Turkiston, ikkinchi tomonida esa – Sibir deb yozildi. O‘z g‘oyasiga ko‘ra Turksib O‘rta Osiyoga yog‘och-taxta va donni, paxta va mevalarni esa Sibirga tashishi kerak edi. Bugun biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Turksib o‘tgan asrning buyuk loyihalaridan bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda.

Ushbu g‘oya bilan ilhomlanib, biz kompaniyamizga shu nomni berib, bu bilan o‘zimizga Turksib g‘oyasining davomchilari rolini oldik. Bizning “Shimolni G‘arb bilan birlashtirib” shiorimizni Turkiston-Sibir Magistralining barcha quruvchi va zahmatkashlariga, Turksibda ishlab ketgan va ishlab kelayotgan barcha temir yo‘l hodimlariga bag‘ishlaymiz.