Menu Close

Ko’rgazma logistikasi

Mahsulotingizni bozorda ilgari surishning samarali usullaridan biri mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishdir. Ayniqsa, kompaniya yangi bozorga chiqishni rejalashtirayotganda, birinchi tanishuvning bu usuli potensial talab haqida yetarlicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish va mintaqaviy savdo bozorining o‘ziga xosligi, nuanslari hamda kelajakdagi faoliyatning tegishli sohalari bilan tanishish imkonini beradi.

Bunda mahsulotingiz namunalarini va reklama materiallarini ko‘rgazma stendiga yetkazib berish logistikasi qanchalik samarali, tez va munosib narxda tashkil etilishi muhim rol o‘ynaydi. Zero, bu hisob-kitobni yuritish, yuklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, tezlik, bojxona rasmiylashtiruvi, hujjatlarni tekshirish va dolzarb masalalarni hal qilish qobiliyati, shuningdek, barcha darajadagi yaxshi muloqotni o‘z ichiga oladi. Bunday tadbirlarni tashkil etish tajribasi ham muhimdir.

Biz ushbu biznes turi bilan 10 yildan beri shug‘ullanib kelamiz va ko‘rgazma maydonchalari bilan ham, asosiy faoliyati ko‘rgazma yuklarini yetkazib berishni tashkil etish bo‘lgan boshqa mamlakatlardagi hamkorlar bilan ham aloqalar o‘rnatdik.

Agar sizda ko‘rgazmada qatnashish va o‘z mahsulotingizni O‘zbekistondan tashqariga eksport qilish g‘oyasi bo‘lsa yoki mahalliy ko‘rgazmada ishtirok etishni istasangiz va xorijdan tovarlar olib kelishingiz kerak bo‘lsa, biz o‘z xizmatlarimizni taklif qilishdan mamnun bo‘lamiz. Biz tashish jarayonini har qanday kombinatsiyada amalga oshira olamiz!

Biz “O‘ZEKSPOMARKAZ”ning logistika bo‘yicha hamkorimiz. “O‘zekspomarkaz”, “Yoshlar ijod saroyi” va “Xalqaro biznes markazi” obyektlari uchun yuklarni yetkazib berish va qayta ishlash bo‘yicha tajribamiz bor.

Belarus Respublikasi milliy ko‘rgazmalarida, shuningdek, EXPO Rossiyada xizmat ko‘rsatganmiz.