Jizzaxda shoirlar Hamid Olimjon va Zulfiyaga bag’ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi.
Uni haykaltaroshlar To’lagan Tojikxo’jaev va To’lagan Yorqulov yaratdilar. Ochilish marosimida Hamid Olimjon va Zulfiyaning nabirasi Lola Muhiddinova va shoirlarning boshqa avlodlari, shuningdek, yozuvchilar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari va ziyolilar ishtirok etishdi.
Bizning kompaniyamiz rassomlar buyurtmasi bo’yicha yaratilgan ushbu yodgorliklarni Toshkentdagi haykaltaroshlar ustaxonasidan Jizzaxdagi o’rnatish joyiga tashidi. Bunday tashishlar yodgorliklar kabi mo’rt va qimmatbaho yuklarni tashish bilan bog’liq muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Biz vazifani muvaffaqiyatli bajardik va bunday muhim shahar miqyosidagi tadbirda ishtirok etganimizdan mamnunmiz.







