Menu Close

O’zbekiston-Chexiya biznes forumi va hamkorlik birjasi

Toshkentda Oʻzbekiston-Chexiya biznes forumi va hamkorlik birjasi boʻlib oʻtdi.

2017-yil 9-fevral kuni Miran International mehmonxonasida Oʻzbekiston-Chexiya biznes forumi va ikki mamlakat biznes vakillari oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Chexiya Respublikasining MDH boʻyicha Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir Oʻzbekiston va Chexiya kompaniyalari oʻrtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishga, Chexiya kompaniyalarining Oʻzbekistonda biznes yuritish tajribasini taqdim etishga, yangi qoʻshma korxonalar yaratish imkoniyatlarini oʻrganishga va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.

Hozirgi vaqtda ikki tomonlama savdo quyidagi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi: 2016-yilda (yanvar-iyun) oʻzaro savdo hajmi 36,2 million dollarni tashkil etdi, jumladan, eksport 7,3 million dollar va import 47,5 million dollarni tashkil etdi.

Asosiy eksport: transport xizmatlari (25,1%), paxta matolari (61,4%), elektr jihozlari (10,2%), tsement (2,5%) va boshqalar.

Import: shinalar (28,6%), mexanik uskunalar (28,2%), farmatsevtika mahsulotlari (14,5%), plastmassa buyumlari (7,2%), elektr jihozlari (6,8%), shakar va qandolat mahsulotlari (2,1%) va boshqalar.

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasida Chexiya kapitali ishtirokidagi 18 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan yettitasi 100% xorijiy kapital bilan va 12 ta qoʻshma korxona mavjud. Oltita Chexiya firma va kompaniyalarining vakolatxonalari O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida akkreditatsiyadan o’tgan.

(O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatidan)

Turksib Magistral ham ushbu tadbirda chexiyalik hamkorlarimiz EGT Express bilan birgalikda ishtirok etdi (Turksib Magistral MChJ EGT Expressning O’zbekistondagi rasmiy vakili hisoblanadi).