Menu Close

Talabalar uchun sayohat

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti Logistika fakulteti talabalari kompaniyamiz ofisiga ekskursiya bilan tashrif buyurishdi.

Oddiy bir kuni bir guruh talabalar ofisimizga kelishdi va kundalik tadbirlarimiz orasida o’zlarini topdilar. Mehmonlarimizga xalqaro yuk tashishni tashkil etish jarayonlari ko‘rsatilib, so‘zlab berildi. Bunday ekskursiyalar texnik bilim olishga yordam beradi va nazariya va amaliyot o’rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. Umid qilamizki, ushbu ekskursiya logistika sohasidagi bo’lajak mutaxassislar uchun yaxshi turtki bo’ldi.