Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Oʻzbekistondagi Germaniya iqtisodiyoti klubi va Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oʻzbekistondagi Germaniya iqtisodiyoti kuni Toshkentda boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan nemis kompaniyalari, vazirliklar va idoralar, sanoat uyushmalari va kasaba uyushmalari, savdo va sanoat korxonalari, shuningdek, nemis sheriklari bilan hamkorlik qilishga qiziqqan kichik va xususiy biznes vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Germaniya tomonlarining Oʻzbekistonda biznes yuritish tajribasi, biznes loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari, logistika masalalari va Oʻzbekiston-Germaniya ikki tomonlama hamkorligi shakllari haqida taqdimotlari boʻlib oʻtdi.
“Turksib Magistral” MChJ oʻz tajribasiga asoslangan “Katta oʻlchamli va ogʻir yuklarni xalqaro tashish” mavzusida maʼruza taqdim etdi.







