Turksib Magistral xodimlari uchun xalqaro amaliyot
Kompaniyamiz xodimlari Chexiya Respublikasining Olomouc shahridagi EGT Expressda (Turksib Magistral MChJ hamkori) amaliyot o’tashdi. Bir haftalik amaliyot davomida xodimlarimizga ombor yuklarini qayta ishlash jarayoni amaliy ko’rsatildi. Butun logistika jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri bu kichik yuklarni O’zbekistonga jo’natish uchun Yevropadagi omborda birlashtirishdir. Umid qilamizki, ushbu amaliyot kelajakda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga yordam beradi.







