«Zamonaviy logistika uchun istiqbolli rivojlanish yo’nalishlari – innovatsion yechimlarni joriy etish va axborot texnologiyalaridan foydalanish: xalqaro tajriba» mavzusida seminar (2015-yil 9-11-sentabr, Toshkent viloyati)
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Biznes logistikasini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ADBL) bilan birgalikda «Zamonaviy logistika uchun istiqbolli rivojlanish yo’nalishlari – innovatsion yechimlarni joriy etish va axborot texnologiyalaridan foydalanish: xalqaro tajriba» mavzusida seminar o’tkazdi.
Seminar joriy yilning 9-11 sentyabr kunlari Avenue Park mehmonxona majmuasida (Toshkent viloyati) bo’lib o’tdi.
O’quv seminarining maqsadi transport va logistika sohasidagi innovatsiyalar, zamonaviy texnik yechimlar va global tendentsiyalarni tanishtirish edi.
Seminar davomida muhokama qilingan asosiy mavzular:
- Transport logistikasidagi innovatsion yechimlar: xalqaro tajriba;
- Aqlli transport tizimlari (ITT) – logistika muammolarining keng doirasini hal qilishga qaratilgan o’zaro bog’liq avtomatlashtirilgan tizimlar majmuasi;
- Transport logistikasida mobil texnologiyalar. Logistikada bulutli yechimlarni joriy etish;
- Ombor va logistika terminallarida zamonaviy avtomatlashtirish usullaridan foydalanish.
Seminarda davlat idoralari va tashkilotlari xodimlari, logistika, transport va yuk tashish kompaniyalari rahbarlari, IT kompaniyalari vakillari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan: O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’izistondan kelgan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Seminarda «Turksib Magistral» MChJ bosh direktori Jan Aydarov Yevropada xalqaro amaliyotni tugatgandan so’ng olgan bilimlari va konsolidatsiyalangan yuklar bilan ishlash tajribasiga asoslanib, «Konsolidatsiyalangan yuklarni tashishda elektron boshqaruv tizimlarini qo’llash» mavzusida taqdimot qildi.







