2014-yil 2-3-oktabr kunlari CEED Bolgariya O’zbekistonda «Markaziy Osiyoda biznes uyushmalari va kichik va o’rta korxonalarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirish» loyihasi doirasida «Savdoni osonlashtirish» seminarining ikkinchi sessiyasini o’tkazdi.
CEED Bolgariyaning O’zbekistondagi loyiha hamkorlari:
- O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP)
- Biznes logistikasini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ADBL)
Ikki kunlik ta’lim dasturi tovarlarning milliy chegaralar orqali harakatlanishini tartibga soluvchi protseduralar va nazorat mexanizmlarini soddalashtirishga hamda savdo operatsiyalarini osonlashtirishga qaratilgan. U quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi:
- Savdoni osonlashtirishni rivojlantirish;
- Eksportga yo’naltirilgan xizmatlar;
- Savdo va eksportning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati;
- Savdoni amalga oshirishni yaxshiroq tushunish;
- Savdo xizmatlarini samarali targ’ib qilish.
Ushbu seminarning ma’ruzachisi janob Lyubomir Getov (Bolgariya) edi. Seminarda «Turksib Magistral» MChJ xodimlari ishtirok etishdi.





