«Turksib Magistral» MChJ bosh direktori tanlovning uchta saralash bosqichida ishtirok etdi va ulardan o’tgandan so’ng, Yevropa Ittifoqida amaliyot dasturida ishtirok etish uchun tanlandi. Amaliyot dasturi Chexiya Respublikasining Olomuc shahrida bo’lib o’tdi. Ikki haftalik amaliyot Yevropadan MDHga konsolidatsiyalangan yuklarni yetkazib berishni tashkil etishga ixtisoslashgan EGT Express CZ s.r.o. kompaniyasida o’tkazildi. Amaliyot bosh direktorga konsolidatsiyalangan yuklarni tashkil etish jarayonlarini ko’rish va ularda ishtirok etish imkonini berdi.
Biz O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va European Profiles kompaniyasiga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz, ularning yordami bilan kompaniyamiz direktori Yevropa logistika kompaniyasida muvaffaqiyatli boshqaruv tajribasiga ega bo’ldi.







