«Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish» dasturi doirasida Dushanbe shahrida GIZ ko’magida transport va logistika bo’yicha mintaqaviy ishchi uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro avtomobil yuk tashish bo’yicha me’yoriy-huquqiy bazani tahlil qilish muhokama qilindi. Mutaxassislar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun transport va logistika aloqalarini yaxshilash bo’yicha qo’shma harakatlar rejasini tayyorladilar va ishlab chiqdilar. Mintaqaviy uchrashuvda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistondan transport va logistika kompaniyalari (shu jumladan, Turksib Magistral MChJ) va sanoat uyushmalarining 35 nafar vakili ishtirok etdi.





