Menu Close

Mintaqaviy ishchi yig’ilishi davomida

Dushanbe shahrida GIZning «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish» dasturi doirasida transport va logistika bo’yicha mintaqaviy ishchi uchrashuvi davomida «Tajikvneshtrans» YoAJ rahbariyati kompaniyaning yuk terminaliga ekskursiya va tadbir ishtirokchilari uchun kompaniyaning logistika xizmatlari taqdimotini tashkil etdi. Shuningdek, bizga transport vositalari haydovchilari uchun dam olish vaqtlari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlar ko’rsatildi.

Terminalda haydovchilar dam olishi uchun barcha zarur qulayliklar, jumladan, mehmonxona, massaj xonasi, tibbiyot markazi, sport zali, dush, suzish havzasi va, albatta, oshxona mavjud. Ekskursiya va taqdimotdan so’ng, yuk terminali bosh direktori «Tajikvneshtrans» YoAJ kompaniyaning rivojlanish istiqbollari haqida so’zlab berdi.