Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti universitet bitiruvchilari va talabalari uchun «Karyera kuni» (mehnat yarmarkasi) tashkil etdi.
Bizning «Turksib Magistral» MChJ kompaniyamiz ham ushbu tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida kompaniyamiz vakillari talabalarning savollariga javob berishdi va mavjud bo’sh ish o’rinlarini taklif qilishdi.
Karyera kunining maqsadi universitet bitiruvchilarini tashkilotlar va kompaniyalar bilan tanishtirish, amaliyot o’tash uchun tashkilotlar va kompaniyalar bilan aloqalar o’rnatish, tashkilotlar va kompaniyalardan yangi sohalardagi talablar bo’yicha maslahat olish va yangi ish o’rinlarini yaratish edi. Karyera kuni barcha to’rtinchi kurs va magistratura bitiruvchilari uchun kutilgan tadbirdir.





